Jamiyat

Manba: Ahmadboy mijozlari orasida shou-biznes vakillari va amaldorlar boʻlgan

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishHujjatlarni tekshirish ishlari
Hujjatlarni tekshirish ishlari - Sputnik Oʻzbekiston
Ahmadboyga oʻn minglab dollarlarini ishonib topshirgan mijozlarning aksariyati oʻz pullarini qaytarishni talab qilmoqchi emas, deya taʼkidlamoqda manba.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston soliq organlari moliyaviy piramida asoschisi Ahmadboy Tursunovga pul va boshqa moddiy boyliklarni ishonib topshirgan mijozlar ustidan tekshiruv ishlarini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekistonga manba.

Manbaning taʼkidlashicha, Ahmadboy mijozlari orasida estrada va kino yulduzlari, amaldorlar, yirik biznesmenlar boʻlgan. Ular 100 ming dollargacha pullarini va, hatto, qoʻsha-qoʻsha qimmatbaho mashinalarini "uddaburron" firibgar qoʻliga tutqazishgan.

Shuningdek, manbaning soʻzlariga qaraganda, Ahmadboy Tursunboyev uyida oʻtkazilgan tintuv natijalarida topilgan "qora daftar" esa huquq-tartibot xodimlari eʼtiborini ayrim oʻzbekistonliklarga nisbatan kuchaytirgan.

"Huquqni muhofaza qilish xodimlari Ahmadboyning ayrim mijozlari buncha pullarni qayerdan olishganiga qiziqib qolishgan. Balki bu pullar biznes orqali topilgan va ulardan soliq toʻlanmagan boʻlishi ham mumkin. Bunday harakat uchun esa qonunan chora koʻriladi. Xullas, tergov asta sekin oydinlik kiritib boraveradi", — deydi manba.

Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari va prokuratura hozirda bu ish yuzasidan hech qanday izoh bermayapti.

Ahmadboy moliyaviy piramidasining fosh qilinishi haqidagi syujet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Manba: Ahmadboy pullarni uch yil ichida qaytarishga vaʼda berdi
Ahmadboyning mijozlari oʻz pullarini qaytarib olishlari iloji boʻladimi degan savol ham jumboqligicha qolmoqda. Ammo, manbaning taʼkidlashicha, voqea bunday tus olishiga qaraganda, firibgarga pullarini ishonib topshirgan aksariyat odamlar noqonuniy tadbirkorlik faoliyatlari fosh qilinmasligi uchun "jim" oʻtirishlari aniq.

"Rostini aytsam, juda koʻpchilik Ahmadboyga bergan pullarga qoʻl siltamoqda. Mana misol uchun, bir tanishim unga 10 ming dollar bergan, boshqasi esa ikkita "Lasetti"sini topshirgan. Ular oʻzlariga eʼtibor qaratmaslik uchun huquqni muhofaza qilish organlariga pullar qaytarilishini soʻrab murojaat qilmoqchi emas", — deydi manba.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan "Chinoz xalol chorva" hamda "Chinoz avto Hamkor" korxonalari taʼsischisi Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend vaʼdasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shugʻullanib kelgan. Va shu bilan birga ularga pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan. Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol roʻy bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar qaytarilishini talab qilishga haqli boʻlmagan. Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shugʻullangan.

Aholidan olingan mablagʻlarning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Tursunboyev bu pullardan oʻzi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan.

Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, "boy"ga qarashli firmalarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard soʻm hamda 7,9 million AQSH dollari olib qoʻyilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala