Putin ShHT doirasida Xitoy, Mongoliya va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida Rossiya prezidenti uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitidagi ishtiroki davomida Xitoy, Mongoliya va O‘zbekiston rahbarlari bilan uch tomonlama uchrashuvda qatnashadi. “Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri bilan alohida-alohida uchrashadi”, — dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

ShHT sammiti qatnashchilari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ShHTga a’zo mamlakatlar Madaniyat vazirlarining o‘n uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ushakovning aytishicha, Toshkentga uchib kelishi bilan  Putin Xitoy va Mongoliya rahbarlari bilan uchrashuvga yo‘l oladi. Prezident yordamchisi so‘zlariga qaraganda, Rossiya rahbari o‘z hamkasblari bilan uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan.

"Uch tomonlama hujjatlar – ya’ni Rossiya, Xitoy va Mongoliya o‘rtasida iqtisodiy koridor tashkil qilish dasturlari imzolanadi. Ushbu dastur 30taga yaqin iqtisodiy hamkorlikdagi loyihalarni o‘z ichiga oladi”, — deb xabar qildi Ushakov.

Shu kunning o‘zida Rossiya prezidenti Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ikkitomonlama muzokaralarni o‘tkazadi. "Norasmiy kechki tamaddidan so‘ng 23-iyun kuni prezidentimiz XXR Raisi bilan qisqa ikkiyoqlama uchrashuv o‘tkazadi”, — deb xabar qildi Ushakov.

ShHT kengashi boshlanishidan avval, juma kuni Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashadi. Uchrashuvda ShHTga doirn masalalar muhokama qilinadi.

23 iyun kuni Rossiya prezidenti, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. Ushakovning  so‘zlariga ko‘ra, ikkiyoqlama uchrashuv davomida Hindistonning ShHTdagi ishtiroki, ikkiyoqlama hamkorlik, jumladan, energetika sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0