Siyosat

Hindiston Bosh vaziri Toshkentga yetib keldi

© TwitterHindiston Bosh vaziri Toshkentga keldi
Hindiston Bosh vaziri Toshkentga keldi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda boʻlib oʻtadigan sammitda tashkilotga Hindistonni qabul qilish jarayoni oxiriga yetkazilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 23 iyun kuni SHHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Hindiston Bosh vazirining Twitter sahifasida xabar qilingan.

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Oʻzbekiston Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Sammit maydonida Modi jahon yetakchilari bilan uchrashadi.

Toshkentda boʻlib oʻtadigan sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni oxiriga yetkazilishi kutilmoqda. Qozogʻistonda 2017 yilda boʻlib oʻtadigan sammitda bu ikki davlat tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi sifatida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala