Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish haqida referendum boshlandi

© AFP 2023 / GERARD CERLESYeI va Buyuk Britaniya bayrog‘i
YeI va Buyuk Britaniya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyaliklarning ko‘pchilliggi Yevropa Ittifoqida qolish uchun ovoz beradi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik, Denis Voroshilov. Bugun Buyuk Britaniyada Yevropa Ittifoqida qolin yoki undan chiqish haqida referendum boshlandi. Britaniyaliklar o‘z mamalkatlarinig kelajak o‘n yildagi taqdirini belgilashi kerak, RIA Novosti xabariga asosan.

Referendumda quydagi savol qo‘yilgan: «Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqida qolishi kerakmi yoki undan chiqishi kerak?”

Ushbu savolga 46,5 million aholi javob berishi kerak, ulardan 24,1 ming kishi Gibraltar aholisi.

Dastlab Brexit (Britain exit) –ya’ni YeIdan ajralish tarafdori bo‘lganlar soni ko‘proq ko‘ringan edi, lekin, referendum oldidan YeIda a’zolikni saqlab qolish tarafdori bo‘lganlar birdan targ‘ibot ishlarini kuchaytirdi.

Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Devid Kemeron - Sputnik O‘zbekiston
Kemeron Britaniya YeIdan chiqsa, kelajak avlod tang ahvolda qolishini aytdi

Brexitga qarshi hokimiyat a’zolari va yirik biznes vakillari chiqishdi. Ular agar Britaniya YeIda ajralsa, iqtisodiy tushkunlik va narxlar va soliqlar o‘sishi muqarrar deb ta’kidlashdi. Natijada oxirgi so‘rovlar Britaniya aholisining 51% YeIda qolishga ovoz berdi. Brexit tarafdorlari esa – o‘z raqiblarini aholi qo‘rqitishda ayblashdi.

Ovozlarni sanashsaylov uchastkalari yopilganidan keyin mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da boshlanadi. Rasmiy natijalar esa juma kuni ertalab, saylov bosh shtabi Manchesterdan e’lon qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0