Iqtisod

Dushanbeda birinchi ASHAN ochildi

Gipermarket, maydoni 5 ming kv.m boʻlgan savdo markazida joylashgan. Loyiha qiymati 110 mln somoniyni (14 mln $) tashkil qildi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonov Oʻrta Osiyoda birinchi “Ashan” ochilishi marosimida shaxsan qatnashdi,  Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

"Tojikiston bozoriga taniqli chet el kompaniyalarining kelishi, bu dastavval Tojikiston hukumatining mamlakatda sarmoyalar uchun qulay iqlim yaratganidan dalolat beradi. Mamalkat qonunlari chet ellik va mamalkat ichidagi korxonalar uchun bir xil sharoit yaratadi”, — deb Tojikiston rahbarining soʻzlarini keltiradi matbuot xizmati.

Maydoni 5000 kv.m., toʻrt qavatli, qiymati 110 mln somoni (14 mln $) boʻlgan “Dushanbe moll” nomli savdo markazi uch yil davomida qurib bitkazildi. 

Ashan brendi egasi Frantsiyaning Schiever kompaniyasidir. 2013 yilda Yevropa Rivojlanish va Taraqqiyot banki (YEBRR) ushbu loyihani amalga oshirish uchun 5 millionov Yevro mablagʻ ajratgan edi.

“Zamonaviy savdo tizimini ishga tushirish Tojikiston uchun oʻziga xos revolyutsiya boʻladi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun xizmat qiladi”, — dedi "Schiever Tadjikistan" korxonasi bosh direktori Frederik Lobbev. Shuningdek Lobbev Tojikistonda Ashan aholining suhabbatiga sazovor boʻlishiga umid bildirdi.

Schiever International kompaniyasi dunyoning turli mamalkatlarida 3 mingdan ziyod savdo markazlariga ega. Kelajakda korxona Tojikistonning boshqa shaharlarida ham gipermarketlar ochish niyatida.

Rossiyada birinchi Auchan gipermarketi 2002 yilda ochilgan edi. Bugungi kunda ushbu tarmoq 211 gipermarketga ega. Auchan gipermarketi narxlar arzonligi va kerakli oziq-ovqat mahsulotlari va xoʻjalik mollarini nisbatan arzon narxda bir joydan sotib olish imkoni bilan boshqa magazinlardan ajralib turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala