AQSh Davlat departamenti Suriyaga "Yugoslaviya ssenariysi" bo‘yicha zarba berishni taklif qilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriyadagi ahvol
Suriyadagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta Amerika Davlat departamentining 50dan ziyod vakili Damashqni bombardimon qilish to‘g‘risidagi memorandumga imzo chekishgani ma’lum bo‘lgan edi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQSh Davlat departamenti xodimlari muassasa rahbariga yo‘llagan maktubda Suriya hukumat qo‘shinlariga "Yugoslaviya ssenariysi" bo‘yicha zarba berishni taklif etishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The New York Times nashri asosida.

SAR armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
AQSh amaldorlari Bashar Asad armiyasini bombardimon qilish haqidagi maktubga imzo chekishdi
O‘tgan hafta Amerika Davlat departamentining 50dan ziyod vakili Damashqni bombardimon qilish to‘g‘risidagi memorandumga imzo chekishgani ma’lum bo‘lgan edi. Departament xodimlarining so‘zlariga qaraganda, faqat shu yo‘l bilangina "Islom davlati" faoliyatiga chek qo‘yib, Suriyada tinchlik o‘rnatish mumkin.

AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi maktub haqiqatan ham yo‘llanganini tasdiqlagan, ammo maktub mazmuni haqida ma’lumot berishdan bosh tortgan.

"Biz AQShning Suriyada masofadan turib boshqariladigan va havo qurollaridan aql bilan foydalangan holda harbiy amaliyotlar o‘tkazishda faolroq bo‘lishida ma’no bor, chunki bu AQSh rahbarligida maqsadli va agressiv diplomatik jarayonni ilgari surishida yordam beradi, deb o‘ylaymiz", — deyiladi maktubda. 

Izoh berilishicha, "masofadan turib boshqariladigan qurollar", deganda, Suriya armiyasining javob berishiga imkon qoldirmaydigan qanotli raketalar nazarda tutilgan. Nashrda qayd etishicha, AQSh yetakchiligidagi NATO koalitsiyasi 1999-yilda Yugoslaviyada xuddi shunday choralarni qo‘llagan va buning oqibatida mamlakat hukumati Kosovo mustaqilligini e’lon qilish bilan yakunlangan muzokaralarni boshlashga majbur bo‘lgan.

"Biroq, — deb izoh beradi hujjatga jurnalist Maks Fisher. — Rossiya va Eronning faol tarzdagi aralashuvi tufayli Suriyada bu kabi choralar yordam bermasligi mumkin. Bu davlatlar Amerikaning har qanday zarbasini aks ettirish uchun Suriya hukumati qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishlari mumkin".

Fisher, shuningdek, maktub mualliflarining Suriya osmoni ustida parvozsiz hudud yaratish lozimligi taklifini ham qattiq tanqid ostiga olgan. "Maktubda Suriyadagi parvozsiz hudud Rossiya samolyotlariga ham taalluqli bo‘ladimi", degan savolga javob yo‘q, qolaversa, Vashington Rossiya bilan katta ziddiyatga bormay bunday hududni qay tariqa kiritmoqchi bo‘lyapti?", — deydi Fisher.

Fisherning fikricha, ushbu maktubning e’tiborga molik birgina tomoni — unda Suriya mojarosiga batamom nuqta qo‘yish uchun hal etilishi lozim bo‘lgan muhim muammolar ko‘tarilmaganligidir.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
AQSh vitse-prezidenti Bashar Asadni Saddam Husayn bilan adashtirib qo‘ydi
"Maktubda, hatto ittifoqdoshlar o‘rtasida ham  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni qanday bartaraf etish mumkinligi aytilmagan. Murojaatda, shuningdek, Asadni qanday qilib Suriya hukumatini qulatmay o‘z lavozimidan chetlatish mumkinligi to‘g‘risida ham biron so‘z yo‘q. Bu maktub Suriyaga qarshi urush boshlash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Bu xat misolida hozirgi siyosat odamlarni qanchalik g‘azablantirayotganini ko‘rish mumkin, xolos", deb yozadi Fisher.

Yangiliklar lentasi
0