Siyosat

Nazarboyev: SHHT va YEII “ogʻma” tashkilotlarga aylanib qolmasligi lozim

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishQozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston rahbari SHHT Yevroosiyodagi eng muhim tashkilot ekanligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi(YEII) “ogʻma” tashkilotlarga aylanib ketmasligi kerak, degan fikr bildirdi.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligida anjuman oʻtkazishni taklif qildi
"Bizning vazifamiz, SHHT ASEAN(Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiyatsiyasi) yoxud YUAARS (Janubiy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi ittifoqi) singari oʻz shaklini yoʻqotgan ogʻma, rasmiyat uchun tashkil qilingan tashkilotga aylanib qolmasligi kerak. Oʻz vaqtida MDH xuddi shunday tus olgan edi… Hozir juda muhim bosqich boʻlib oʻtmoqda, biz Toshkent shahrida tashkilotning yangi aʼzolarini qabul qilyapmiz – bular Hindiston va Pokistondir. Shuningdek, Eronning tashkilotga kirish shartlarini koʻrib chiqamiz”, — deb bayonot qildi payshanba kuni Nazarboyev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Nazarboyev, shuningdek, SHHT Yevroosiyodagi eng muhim tashkilot ekanligini taʼkidladi.

Bugungi kunda SHHT aʼzolari bu Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afgʻoniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yilda tashkilotga Hindiston va Pokistonni kirtish jarayoni ishga tushirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala