Zidan — 44 yoshda! Buyuk futbol yulduzi haqida eng qiziq ma’lumotlar

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. Chempionlar ligasi. "Real Madrid" mashg‘ulotlaridan lavha
Futbol. Chempionlar ligasi. Real Madrid mashg‘ulotlaridan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zayniddin Zidan — jahon futboli yulduzi va endigina o‘z faoliyatini boshlayotgan murabbiy. U Marselda tavallud topgan.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘tmishda jahonning eng mashhur futbol yulduzi bo‘lgan, va endilikda “Real Madrid”ga murabbiylik qilayotgan Zayniddin Zidan bugun 44 yoshni qarshi oldi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Afsonaviy fransuz — Zayniddin Zidanning koptok bilan muomala qilish texnikasi, yetakchilik fazilatlari va hujumlari butun dunyo bo‘ylab uning muxlislari qalbini zabt etgan edi.

Zidan bugungi kunda "Real Madrid" superklubiga murabbiylik qilib kelmoqda. U Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani uchun, Zidan bilan shartnomani uzaytirishdi.

Italiya terma jamoasi himoyachisining ko‘ksiga kalla qo‘ygani uchun, Zizu hatto futbol olamidan yiroq bo‘lganlar orasida ham afsona bo‘lgani ham rost. O‘shanda Zidan maydondan chetlatildi, fransuzlar esa mag‘lubiyatga uchradi. Zidan o‘sha yilning o‘zida o‘z butsisini "mixga ilgan".

Quyida afsonaviy fransuz haqida eng yorqin xotiralarni yodga olamiz.

Fransiya termasi uchun ilk marotaba xalqaro arenaga chiqishi. Zidan 1994-yilda Chexiya termasiga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushgan. Fransiya 0:2 hisob bilan mag‘lub bo‘layotgan edi, ammo bir o‘yinchi o‘rniga maydonga tushgan Zidan ilk daqiqalardayoq ikkita gol urib, hisobni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘lgan.

Raqibi ko‘ksiga kalla qo‘ygani uchun Zidan bir zumda butun jahonga mashhur futbol yulduziga aylandi. Zidan o‘sha vaqtda Materassi uning oila a’zolarini haqorat qilgani haqida aytgan.

Zizuning "Real Madrid" uchun oxirgi o‘yini. Minbarlarda uning oila a’zolari, yaqinlari, o‘yin tugashiga 90 daqiqa qoldi. His-tuyg‘ular va ko‘z yoshlar sababi ham shunda. Futbol yulduzi hayotining bir bosqichi yakunlandi.

Ammo oldinda uni yangi marralar kutmoqda — Zidan endilikda "Real" Bosh murabbiy rolida ulkan zafarlar quchishi kerak.

Zidan haqida ham film suratga olingan. Kartina: "Zidan: XXI asr portreti", deya nomlanadi. Ilk bor film Kann xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan.

Yangiliklar lentasi
0