Rossiya Prezidenti ShHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Xitoy va Mongoliya rahbarlari bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bundan tashqari, Putin va XXR Raisi Si Szinpin ishtirokida alohida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

23 iyun, payshanba kuni Vladimir Putin Xitoy va Mongoliya rahbarlari bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bundan tashqari, Putin va XXR Raisi Si Szinpin ishtirokida alohida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini meyoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0