Hodisalar

Xitoy sharqida yuz bergan quyun tufayli 78 kishi halok boʻldi

© Sputnik / Aleksandr Ratsimor / Fotobankka oʻtishDovul oqibatlari
Dovul oqibatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Payshanba kuni Xitoyning sharqiy qismiga yopirilgan quyun tufayli 500ga yaqin kishi jabr koʻrgan.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik, Ivan Bulatov. Payshanba kuni Xitoyning Tszyansu provintsiyasiga dahshatli quyun yopirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

China News Service agentligi xabariga koʻra, quyun 78 kishi kishi hayotiga zomin boʻlgan, yana 500ga yaqin kishi jarohatlangan.

Jarohatlanganlar orasida 200 kishining ahvoli juda ogʻirligi maʼlum qilinmoqda.

Xitoyning Yanchen okrugiga yopirilgan quyun vaqtida kuchli yomgʻir va doʻl yogʻishi kuzatilgan. Koʻplab uylar va binolar jiddiy zarar koʻrganligi maʼlum qilinmoqda.

Sina portali xabar berishicha, jabr koʻrgan tumanlar hozirda elektr tokisiz qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala