Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilinishi bir yilga qoldirildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti ushbu ikki mamalkat bugungi sammitda majburiyatlar memorandumini imzolab, keyingi sammitda a’zolikka tayor bo‘lishiga umid bildirdi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugungi sammit yakunida Hindiston va Pokiston ShHT a’zoligi shartlari haqidagi memorandumni imzolab, keyingi sammitda tashkilotga a’zolikka kirishiga umid bildirdi.

“Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘la qonli a’zo bo‘lish jarayoni oxirgi bosqichga o‘tdi. O‘tgan yili Ufada bo‘lib o‘tgan sammitda ularning a’zo bo‘lishiga ilk qadam qo‘yilgan edi”, — dedi Putin ShHT sammitining kengaytirilgan majlisida.    

Vladimir Putin, shuningdek, Hindiston va Pokiston bugungi sammitda ShHTga a’zo bo‘lish uchun kerakli majburiyatlar memorandumni imzolashiga umid bildirdi.

“Umid qilamizki, Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitga qadar, hamkorlarimiz qolgan yo‘lni imkon qadar tez bosib o‘tishadi”, — dedi Putin.  

Shu bilan bir vaq tda, Putin, ShHTda allaqachon ishlayotgan mexanizmlarga Hindiston va Pokistonni kiritishga tayorgarlik ishlarini bugundan boshlash kerakligi ta’kidladi.

Bugungi kunda ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston  va O‘zbekiston. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘onistan kuzatuvchi maqomiga ega. Toshkent Sammitidan keyin tashkilotga raislik qilish navbati Qozog‘istonga o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0