Dunyoda

YouTube "Islom davlati" video roliklarini avtomatik tarzda blokirovka qila boshladi

Maʼlumotga koʻra, “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan internet tarmogʻiga yuklanayotgan tashviqot mazumunidagi videolar endilikda sanoqli soniyalar ichida blokirovka qilinadi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Jahondagi eng yirik videoxosting YouTube va Facebook ijtimoiy tarmogʻi ekstremistik mazmundagi videolarni avtomatik tarzda blokirovka qilish tizimini ishga tushirdiYU deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Agentlik taʼkidiga qaraganda, avtomatik tizim “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi tomonidan internetga yuklanadigan tashviqot-targʻibot mazmunidagi videolar va shunga oʻxshash boshqa materiallarni tezda blokirovka qilish imkonini beradi.

Ushbu texnologiya avval boshdan mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentlarni izlash va topish maqsadida ishlab chiqilganligi aytilmoqda.

Agentlik xabariga koʻra, dastur yaratuvchilari avtomatik blokirovka qilish tizimini yirik internet-kompaniyalarga oʻtgan haftada taqdim etishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala