Jamiyat

Toshkentda aholiga ijtimoiy koʻmak beruvchi markaz ochiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishQoʻl
Qoʻl - Sputnik Oʻzbekiston
Loyiha oʻzida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi 1200 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakilini qamrab oladi. Ular orasida qamoqdan ozod qilinganlar, giyohvand moddalariga bogʻlanib qolganlar, OITS bilan kasallanganlar, sil bilan ogʻriganlar va boshqa bemorlar bor.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. 28 iyun kuni Toshkentda Respublika nodavlat-notijorat tashkiloti Intilish axborot-oʻquv markazi qoshida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qoʻllab quvvatlash maqsadida ijtimoiy koʻmak markazi ochiladi, deb xabar bermoqda UZ24.

Markaz ochilishi DVV International’ning (Germaniya assotsitsiyasining jahondagi milliy Universitetlar bilan xalqaro hamkorlik instituti) «Uyga toʻlaqonli hayot bilan qaytish» loyihasi doirasida boʻlib oʻtmoqda.

Markaz aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga psixologik va yuridik koʻmak koʻrsatadi. Bundan tashqari, ular bilan kadrlar tayyorlash borasida ham hamkorlik qilinadi.

Loyiha oʻzida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi 1200 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakilini qamrab oladi. Ular orasida qamoqdan ozod qilinganlar, giyohvand moddalariga bogʻlanib qolganlar, OITS bilan kasallanganlar, sil bilan ogʻriganlar va boshqa bemorlar bor.

Hozirda loyihaning moliyaviy masalalari bilan Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi shugʻullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala