Jamiyat

Oʻzbekiston "Neva iftorligi"da ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Fotobankka oʻtishSankt-Peterburg
Sankt-Peterburg - Sputnik Oʻzbekiston
Sankt-Peterburgda muqaddas Ramazon oyining soʻnggi oʻn kunligi munosabati bilan "Neva iftorligi" yoxud "Respublika kunlari" tadbiri oʻtkaziladi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar tarqatgan.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Tadbir doirasida oʻn kun davomida aholisi musulmonlardan iborat respublikalarga bagʻishlangan kechki tadbirlar oʻtkaziladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad Sankt-Peterburg ahlini musulmon davlatlar tarixi, madaniyati va anʼanalari bilan tanishtirish.

Oʻzbekistondan tashqari ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Tatarston, Qirgʻiziston, Pokiston, Boshqirdiston va Ozarbayjon davlatlari tomonidan ariza tashlangan.

Tadbir Sankt-Peterburg shahri Musulmonlar diniy boshqarmasi hamda "Safmar" xayriya fondi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala