O‘zbekiston Olimpiya jamoasidan topilgan dopingga - analgin sabab bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDori vositalar
Dori vositalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Og‘ir atletika jamoasi vitse-prezidentining so‘zlariga qaraganda, doping tufayli O‘zbekistonning faqat ayollar og‘ir atletika jamoasi Olimpiadada qatnashish huquqidan mahrum qilingan, boshqalar tayorlanishda davom etmoqda.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘tgan juma kuni, Xalqaro Og‘ir Atletika federatsiyasi (IWF) O‘zbekiston ayollar og‘ir atletika jamoasini Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada qatnashish huquqidan mahrum qilgan edi. O‘zbekiston og‘ir atletika jamoasi vitse-prezidenti Shaxrillo Maxmudov ushbu qarorga izoh berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu  vaziyatda ortiqa shovqin-suron ko‘ratishning hojati yo‘q.

“Ko‘rilgan jazo choralari faqat ayollar jamoasiga taaluqli. Jamoadan hech kimga alohida jazo berilmaydi. Olimpiada jamoasiga kirishga talabgor bo‘lgan Ruslan Nurudinov, Rustam Djangabayev, Ivan Yefremov, Sardor Do‘stmuradov, Muhammad Begaliyev, Ulug‘bek Alimovlar xotirjam tayorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Umuman aytganda, yetakchi sportchilarda doping topilmagan. 2013-yilda olingan namunalarda doping topilishi bu tasodif xolos. Doping faqat o‘ta yosh, jamoaga endi kelgan sportchilardan topilgan”, — dedi Maxmudov.

Maxmudovning so‘zlariga qaraganda, jamoa ushbu voqea uchun javobgarlikdan voz kechgani yo‘q va dopingga qarshi ashaddiy kurash olib borishda davom etadi.  Uning fikriga ko‘ra, sport chilar analizlarini tekshiruvchi zamonaviy apparatura 8-yil oldinga apparatlardan tubdan farq qiladi.

Misol uchun 2013-yilda O‘zbekistonlik sportchilar analgin pentalgin kabi dorilarni bemalol qabul qilishgan. Ushbu dorilardan oddiy antibiotik, og‘riq qoldiruvchi va yurak-qon tomirlar faoliyatini neytrallashtiruvchi vosita sifatida foydalanilgan. Ulardan sport natijalarini yaxshilovchi vosita sifatida foydalanilmagan. Endi bo‘lsa ularning tarkibida ta’qiqlangan elementlar borligi aniqlangan. Oldin laboratoriya tekshiruvlari ushbu dorilar tarkibidan hech narsa topmas edi, hozir bo‘lsa tekshiruvlar ijobiy natija bermoqda, deydi Mahmudov.

“Bu sohada trenerlar o‘ta malakali va diqqatli bo‘lishi kerak. Bugungi kunda ushbu muammolar juda jiddiy tus oldi. Federatsiya, sportchilar va trenerlar biirgalikda ishlashi kerak. Ular zamon bilan birgalikda qadam tashlashi kerak, barcha yangiliklardan xabardor bo‘lib turishi kerak”, — deydi Maxmudov.

Undan tashqari, Maxmudovning fikriga ko‘ra,  sport sohasidagi meditsina xodimlari malakasini oshirish va umuman sportdagi meditsina madaniyatini ham oshirish kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0