Analitika

SHHT maqsadi - Oʻrta Osiyoda barchani birlashtiruvchi asos yaratish

SHHT formulasi juda oddiy: Oʻrta Osiyoda harbiy-siyosiy mojarolarga yoʻl qoʻymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastruktura yaratish.

Dmitriy Kosыrev, "Rossiya segodnya" XAA siyosiy sharhlovchisi

Mavzu koʻpchilikka juda sodda koʻrinsada, aslida ham xuddi shunday boʻldi. Toshkentda aynan Hindiston va Pokistonning SHHTga qoʻshilishi  muhokama qilinayotgan vaqtda, Angliyada odamlar Yevropa Ittifoqidan ajralish uchun  ovoz berishdi va buning hammasi bir kunda sodir boʻldi. Keling voqeaning alohda tafsilotlariga nazar tashlaylik.

Bu yer sizlarga stadion emas

Rasmiy jihatdan goʻyoki hech narsa boʻlmagandek, Hidiston va Pokistonning SHHTga tantanali qoʻshilish marosimi ham boʻlgan emas, bayroqlar soni ham oshgani yoʻq.

Ikki mamalkatning SHHTga qoʻshilishi haqidagi printsipial qaror oʻtgan yili Ufa sammitida qabul qilingan edi. Bu safar esa, olti aʼzo mamalkat rahbarlari, sammit yakuniga koʻra, Pokiston va Hindiston rahbarlari SHHTda amal qilayotgan va uning barcha aʼzolari uchun bajarilishi shart boʻlgan, majburiyatlarni qabul qilishdi.

Ushbu mavzuda Vladimir Putin “Mana biz ikki yirik mamalkatni qabul qilish bosqichiga ham yetib keldik. Qolgani endi rasmiyatchilik. Ular bizga qoʻshilishi bilan tashkilot butunlay boshqacha mavqega ega boʻladi. Ushbu maʼnoda sammit muvaffaqiyatli oʻtdi desak adashmaymiz”, — degan edi.

Koʻrib turganingizdek, bu yer siz uchun stadion emas, hech kim “Yevroosiyo – YEI, biru-nol” hisobini eʼlon qilmoqchi emas. SHHT bu boshqalar bilan mafkuraviy yoki boshqacha ziddiyat maydoni emas.

Hindiston va Pokistoning SHHTga turli darajalarda qoʻshilishi bu uzoq vaqt talab qiladigan jarayondir. Yana 30ga yaqin hujjatlar imzolanishi kerak. Bu uzoq davom etadigan, baʼzan parlament va boshqa muassasalar bilan muvofiqlashtirishni talab qiladigan byurokratik jarayondir.

Sammit umuman samarali oʻtdi, oldindan muvofiqlashtirilgan hujjatlar – Toshkent deklaratsiyasi imzolandi, tashkilotning 2016-2020 yillardagi rejasi va 2025 yilga qadar boʻlgan strategiyasi tasdiqlandi va ho kazolar.  

Oʻzgalar xatolarini takrorlamaslik

Eslatib oʻtamiz SHHT bu ittifoq ham emas, alyans ham emas, chunki uning aʼzolari yuqoridagi turdagi tashkilotlar vaqti oʻtgan deb hisoblaydi. Tashkilotning harbiy tuzilmasining kuchaytirishlish esa Afgʻonistonda terrorchilik xavfining kuchayishi va hududda ekstremistik kuchlarning faollashuvi bilan bogʻliq.

Xoʻsh unda SHHT bu nima? Qanday qilib bir hududda joylashgan lekin turli  xususiyatlarga ega boʻlgan mamalkatlar orasida zamonaviy munosobatlar tizimini yaratish mumkin? Ayniqsa, mamlkatlar qattiqqoʻl umumiy qoida va standartlarga boʻy soʻnishni istamagan va oʻz xususiyatlarini saqlab qolishni istagan vaqda.

Yoki bu “standart koʻrinish”ga qarab intilgan gʻarbga qaratilgan chaqiriqgʻmi? Yoʻq, bu faqat oʻzgalar xatolarini takrorlamaslik uchun qilingan harakatdir. Bu ayniqsa bugun yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Hozircha bu faqat “urinish” va hech kim unga “muvaffaqiyatli boʻladi” boʻladi deb kafolat bermagan, albatta.

Eslatib oʻtamiz, gap “ochiq hududchilik” haqida ketayapti. Tashkilot aʼzolariga hech kim boshqa uyushmalarga aʼzo boʻlishni taʼqaqlamoqchi emas. Bu aslo gʻarbiy uslub emas, va baʼzan tashkilot faoliyatini jiddiy sekinlashtiradi ham.

Masalaning boshqa tomoni, Hindiston va Pokiston tomonidan imzolangan hujjatda SHHT aʼzolari bir – birlariga qarshi faoliyat yuritmasligi kerak deyilgan. Shunga qaramay tashkilot aʼzolaridan baʼzilarining munosobatlarida yashirin  ziddiyat saqlanib qolmoqda. Nima boʻlganda ham SHHT, oʻzaro murosaga urinish maydoni siftida qolmoqda.  

SHHT aʼzolari, nomzodlari yoki kuzatuvchi mamalkatlar roʻyxatiga nazar solsak, ular bir-biridan farq qiladigan 18ta turli tuman mamlakatlardir. Aʼzolarning baʼzilari SHHTga qoʻshilish arafasida, baʼzilari kuzatuvchi maqomiga ega.

Umuman bularning hammasi Yevropa Ittifoqining  boshlanishini eslatadi. Keyinchalik ular standartlashtirish yoʻlidan borishdi, bu esa alohida mamalkatlarning oʻz xususiyatlarini yoʻqotishiga olib keldi. Balkim aynan shu xato tufayli ular hozir tarqalish arafasiga kelib qolishgan.

SHHT mamalakatlari integratsiyasi ham oson kechayotgani yoʻq. Bunga sammitga raislik qilgan Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimovning “Bu safar sammitga tayorgarlik ishlari ogʻir kechdi” degan soʻzlari ham dalil boʻlishi mumkin.  

Bugungi kunda SHHT formulasi juda oddiy: Oʻrta Osiyoda harbiy-siyosiy mojarolarga yoʻl qoʻymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastruktura yaratish (yoʻl, logistika markazlari, axborot va qonuniy asoslar).

Bunday infrastrukturaga madaniyat va taʼlim sohalari ham kiradi. SHHT doirasida ushbu sohalarda ham hamkorlik faollashmoqda, yaʼni Yevroosiyoning yagona gumanitar hududi yaratilmoqda. Bu jarayon ulkan boʻlishidan tashqari – u abadiydir.

Eslatib oʻtamiz, baʼzan SHHT bu mamlakatlar orasidagi munosobatlarning hammasini qamrab olmaydi. Misol uchun Rossiya — Hindiston yoki Rossiya — Xitoy munosobatlari SHHT doirasidan kengdir.

SHHT – aslida bu Oʻrta Osiyo huudida yaratilayotgan yangi regional loyihadir. Xitoyliklar  istalgancha  “markazida Buyuk Ipay yoʻli boʻlgan, dunyoning qadimgi modeli tiklanmoqda”, deb gapiraverishi mumkin,  lekin biz bu yerda gap oʻtmishni tiklash haqida emas, yaratilayotgan yangi kelajak haqida ketayotganini, yaxshi tushunib turibmiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala