Jamiyat

Oʻzbekiston SHHT sogʻliqni saqlash shartnomasiga qoʻshildi

© SputnikSHHT ramzi
SHHT ramzi - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov SHHT sogʻliqni saqlash shartnomasini tasdiqladi. Maʼsul muassalarga kerakli topshiriqlar berildi.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorligi tashkilotining sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirish haqidagi bitim ini imzoladi.

Islom Karimov Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligini ushbu bitim shartlarini amalga oshirishda maʼsul muassasa deb tayinladi. Undan tashqari Oʻzbekiston prezidenti Tashqi Ishlar vazirligiga ushbu xalqaro shartnoma aʼzosi boʻlish uchun depozitariyga kerakli maʼlumotnoma yuborish topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, SHHT davlatlari orasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ilk qadam 2011 yilda qoʻyilgan edi. 2011 yilning 15 iyunida Ostonada boʻlib oʻtgan sammitida mamalkatlararo shartnoma imzolangan edi.

Bugungi kunda SHHTga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston aʼzodir. Aʼzo mamalkatlar orasida turli vazirliklar orasida, huquqni saqlash organlari va boshqa sohalarda hamkorlik oʻrnatilgan va kun sayin rivojlanib bormoqda. Ayni damda SHHT aʼzolari orasida 25dan ziyod muassasalararo tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala