"Kamolot"ning "25" aksiyasida ishtirok eting!

Obuna bo‘lish
"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan e’lon qilingan ushbu aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlanadi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan "Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim" shiori ostida "25" aksiyasini e’lon qildi. Bu haqda"Kamolot"ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar qilingan.
Ushbu tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ijodiy ishlar 25-avgustga qadar "Kamolot"ning hududiy kengashlarida qabul qilinadi va 25.kamolot.uz sayti orqali e’lon qilib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0