XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi oktabrda o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPaxta yig‘im-terimi
Paxta yig‘im-terimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon paxta va to‘qimachilik bozorining yetakchi vakillari tomonidan O‘zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilinishi va o‘zaro manfaatli oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Joriy yilning 12-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot-xizmati.

"Joriy yilgi yarmarka “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi, O‘zbekiston “Sifat" markazi va boshqa tegishli tuzilmalar ko‘magida tashkil etiladi", — deyilgan xabar matnida.

Xabarga ko‘ra, asosiy tadbirlar “O‘zekspomarkaz” kompaniyasining ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi. Xalkaro o‘zbek paxta va tukimachilik yarmarkasidagi konferensiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va to‘qimachilik bozorining yetakchi vakillari tomonidan O‘zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilinishi va o‘zaro manfaatli oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0