Mayk Taysonning 10ta mashhur nokauti

© DON EMMERT / AFP Bokschi Mayk Tayson
Bokschi Mayk Tayson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Temir Mayk” laqabi olgan afsonaviy bokschi bugun 50 yoshga to‘ldi. E’tiboringizga uning 10ta mashhur nokautini taqdim etamiz.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Zamonimizning eng yorqin bokschilaridan biri bo‘lgan Mayk Tayson bugun 50 yoshga to‘ldi.

Ushbu og‘ir vaznli bokschi raqiblarni nokautga yuborish ustasi edi. Sputnik sizlar uchun afsonaviy bokschining 10 ta mashhur nokauti videolavhasini tanlab oldi.

Mayk Tayson — Xektor Mersedes

1985 yilning 6-mart kuni Tayson birinchi bor professional ringga chiqdi. Uning birinchi raqibi Xektor Mersedes bo‘ldi. Birinchi zarba bilan Mayk Xektorning boshiga uradi va u ring burchagiga uchib ketadi. Keyin Tayson raqibining badaniga kuchli zarbalar beradi. Xektor kuchli zarbalardan tizzasiga o‘tirib qoladi. Shundan keyin Mersedes jangni davom ettirishdan voz kechadi.

Mayk Tayson — Maykl Spinks

1988 yilning 27-iyunida bo‘lib o‘tgan og‘ir vaznli bokserlar jangi bir necha titullar bo‘yicha: WBC, WBA, IBF birdaniga g‘olibni aniqlash kerak edi. Jurnala The Ring ushbu jangni superjang va uning g‘olibini hamma vazn toifasi bo‘yicha – g‘olib deb atadi. Jang Tayson g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu jang raundi yilning eng yaxshi raundi deb topildi va Mayk Tayson o‘sha davrda boksda mavjud bo‘lgan eng katta gonorar – 22 mln $ egasi bo‘ldi. Spinks esa 13,5 $ ishlab oldi.

Mayk Tayson — Karl Uilyams

1989 yilning iyul oyiba bo‘lib o‘tgan jangda Tayson aperkot zarbasi bilan raqibini nokdaun qildi. Referi sakkizgacha sanaganida keyin Uilyams o‘rnidan turganiga qaramasdan jangni to‘xtatdi. Bu keyin bir necha tortishuvlarga olib keldi.

Mayk Tayson — Trevor Berbik

1986 yilning noyabrida Trevor Berbik Mayk Taysonga qarshi ringga chiqdi. Bu jang “qiyomat kuni” nomini oldi. Taysonning go‘yokii odiiygina zarbasidan Berbik uch marotaba o‘rnidan turib yana yiqilib tushdi.

  Mayk Tayson — Marvis Freyzer

Bu jangda Tayson Freyzerga 30 soniya ichida o‘ng aperkot va yana bir necha zarba berdi. Freyzer qulab tushdi, hisobni boshlagan referi  Freyzerning hushsizligni ko‘rib sanoqni to‘xtatdi va tibbiy yordam chaqirdi. Bokschi bir necha daqidadan so‘ng o‘ziga keldi. Bu og‘ir nokaut edi.

Mayk Tayson — Frenk Bruno

Tayson zarbalaridan keyin Brunoni faqat ring arqonlari oyog‘ida ushlab qoldi. Beshinchi raundda referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. WBC kamari Taysonga o‘tdi. Bruno bo‘lsa boksni mutlaq tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Mayk Tayson — Genri Tillmen

Birinchi raund oxirida Tayson o‘ng qo‘li bilan raqibini nokautga yubordi. Referi 10gacha sanaganida ham Tillmen haliyam joyida yotgan edi.

Mayk Tayson — Larri Xolms

Tayson Xolms bilan 1988-yilning yanvarida uchrashdi. Jang nokaut bilan yakunlandi. Xolms jang tugaganidan keyin ham o‘rnidan tura olmadi. Unga doktor chaqirish kerak bo‘ldi.

Mayk Tayson — Baster Matis

1995 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan jangning 3 raundida Tayson Matisni nokaut qildi. Matis sanoq 10 bo‘lganda ham o‘rnidan tura olmadi. Referi nokautni hisob qildi. 

Mayk Tayson — Trent Singlton

1985 yil aprelida bo‘lib o‘tgan jangda Tayson Singltonni 10 soniya ichida nokaut qilidi. Bundan keyin ham jang Tayson ustunligida davom etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0