Si Szinpin: Xitoy o‘z haq-huquqlari va suvereniteti poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishXXR Raisi Si Szinpin
XXR Raisi Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xitoy o‘zga mamlakatlar haq-huquqlariga tajovuz qilmaydi, ularning rivojlanishiga xasad ko‘zi bilan qaramaydi, shu bilan birga biz hech qachon o‘z qonuniy haq-huquqlarimizdan voz kechmaymiz", - deb bayonot qildi Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi 95-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘inda.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik, Janna Manukan. Xitoy o‘zga mamlakatlar manfaatlarini hurmat qiladi, ammo shu bilan birga u har doim o‘z qonuniy haq-huquqlarini himoya qiladi va o‘z suvereniteti hamda xavfsizligi siquvga olinishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb bayonot qildi juma kuni XXR Raisi Si Szinpin. RIA Novosti xabari asosida.

"Xitoy o‘zga mamlakatlar haq-huquqlariga tajovuz qilmaydi, ularning rivojlanishiga xasad ko‘zi bilan qaramaydi, shu bilan birga, o‘z qonuniy haq-huquqlaridan hech qachon voz kechmaydi. Xitoy xalqi yovuzlik va ko‘ngilsizliklardan qo‘rqmaydi. Hech bir mamlakat biz o‘z tub manfaatlarimiz bilan savdolashishimizga, suverenitetimiz, xavfsizligimiz va rivojlanish manfaatlarimiz siquvga olinishiga chidab turishimizga umid qilmasligi lozim", — deb ta’kidladi Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi 95-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘inda.

Si Szinpin, shuningdek, "Xitoy tinch taraqqiyot yo‘lidan dadil boradi va tashqi siyosatni hamkorlik va o‘zaro manfaatdorlik prinsiplari asosida yuritadi", deya qo‘shimcha qildi.

"Xitoy "sovuq urush" mafkurasiga qarshi chiqadi. Biz o‘zga mamlakatlarning ichki ishiga aralashmaymiz va o‘z qarashlarimizni chet davlatlarga zo‘rlab o‘tkazmaymiz", — deya ta’kiddladi XXR Raisi.

Yangiliklar lentasi
0