Dunyoda

Putin: NATO soʻnggi fin askari qolguncha, Rossiya bilan jang qilardi, ehtimol

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo
Rossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo - Sputnik Oʻzbekiston
"Rossiya Finlyandiya bilan urush olib borishni xohlamaydi, ammo alyans, soʻnggi fin askari qolguncha, jon deb Rossiya bilan jang qilgan boʻlardi, ehtimol", - deb taʼkidladi RF prezidenti Vladimir Putin.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO soʻnggi fin askari qolgunga qadar, jon deb Rossiya bilan jang qilgan boʻlardi, ehtimol, deya taʼkidladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Fin doʻstlarimizdan biri tomonidan aytilgan jumlani oʻzgartirgan holda, aytmoqchiman-ki, NATO, ehtimol, Rossiya bilan soʻnggi fin askari qolgunga qadar, bajonidil jang qilgan boʻlardi. Sizlarga shu kerakmi? Bizga — kerakmas. Biz buni istamaymiz. Sizlar esa, oʻzingizga nima kerakliginimustaqil hal qilarsiz", — dedi Rossiya prezidenti Finlyandiya prezidenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan matbuot-anjumanida.

Ushbu soʻzlardan keyin Finlyandiya rahbari Sauli Niinistyo Rossiya prezidentiga Boltiqboʻyi mamlakatlari Rossiya qarshisida qoʻrquv his qilishini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin NATO oʻz kuchlarini nima uchun Yevropa sharqida jamlayotganini aytdi
"Barchamizga maʼlum-ki, Boltiqboʻyi mamlakatlari, shu jumladan boshqa mamlakatlar ham Rossiya qarshisida maʼlum maʼnoda qoʻrquv his qiladilar. Ular Rossiyadan qoʻrqadilar", — deb taʼkidlagan Niinistyo.

Vladimir Putin oʻz navbatida, Moskva NATOning Polshada raketa mudofaasiga qarshi raketalar tizimini joylashtirayotgani hamda Rossiya chegarasida oʻz kuchlari sonini koʻpaytirayotganiga qarshi munosib tarzda reaktsiya bildirishini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala