Bo‘lajak diplomatlarga diplom topshirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBitiruvchilarga diplom topshirish marosimi
Bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil 2-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavrlarga bitiruv diplomlari topshirildi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. 2016 yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavrlarga diplom topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Marosimda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi. Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi", — deyilgan xabar matnida.

© Botirjon GaniyevJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari

Bitiruvchilar 1992-yilda I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan universitet rahbariyatiga, professor va ustozlariga ta’lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdilar hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirilgan bilimlarini mustaqil O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llashga ahd qildilar.

Yangiliklar lentasi
0