TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. 30 iyun kuni Rodrigo Duterte Filippin orollari prezidenti etib rasman tayinlangach, oʻtkazilgan maxsus operatsiyalar natijasida 30 nafar ogʻufurush yoʻq qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Duterte, bundan oldin ham oʻzining aksariyat chiqishlarida, shu jumladan xalq oldidagi chiqishlarida ham "ogʻufurushlarni oʻldirish"ga daʼvat qilgan.
Nashrda yozilishicha, Duterte Filippin orollarida giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga toʻliq chek qoʻyishga ahd qilgan. Xabarlarga koʻra, Duterte prezident etib tayinlangan kundan boshlab, mamlakatda ogʻufurushlar oʻldirilishi holati 200% ortgan.