O‘zbekiston va Fransiya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qiladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarorgohi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda o‘zaro savdo hajmini oshirish va tuzilmalarni diversifikatsiya qilish, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlik istiqbollari, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. 20-iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, fransuz delegatsiyasiga tashqi savdo, turizmni jonlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari ishlari bo‘yicha davlat kotibi Mattias Fokl boshchilik qiladi.

Yig‘ilishda o‘zaro savdo hajmini oshirish va tuzilmalarni diversifikatsiya qilish, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlik istiqbollari, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Komissiya yig‘ilishi doirasida, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya kompaniyalari ishtirokida biznes-forum hamda ikki mamlakat tadbirkorlik doiralarining kooperatsion birja shaklidagi uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0