Lola Karimova-Tillayevadan hayit tabrigi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova - Tillyayeva Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Prezidentning kenja qizi ushbu muqaddas oy insonlarni mehr-muruvvat, taqvo, rahm-shafqat, tinchlik, yaxshi niyat, qalb pokligi va muhtojlarga yordam berishga undashi haqida eslatib o‘tdi.

"Muqaddas Iyd al-Fitr ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin, azizlar! Har yili qalbimizda intiqlik va alohida e’tibor bilan kutadigan rahmat va mag‘firat oyi Ramazon insonlarni mehr-muruvvat, taqvo, rahm-shafqat, tinchlik, yaxshi niyat, qalb pokligi va muhtojlarga yordam berishga undaydi. Mehribon Olloh taolodan shu oyda imon bilan savob umidida qilingan barcha yaxshi ishlarni O‘z dargohida qabul qilishini, muqaddas Ramazon oyida topilgan savob va halovat barchamizga har kuni hamroh bo‘lishini so‘rayman.


Barchangizga muborak Hayit ayyomini oilangiz va yaqinlaringiz davrasida tinchlik, xotirjamlik va xursandchilik ila kutib olishingizni tilab qolaman. Iyd muborak!", deb yozgan Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi shaxsiy sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0