Jamiyat

Moliyaviy piramida qurboniga aylanmaslik qoidalari

Bugungi kunda moliyaviy piramidalar dunyoning turli burchaklarida gullab-yashnamoqda. Ular mayda firibgarlik shaklidan tortib keng koʻlam(mamlakat miqyosida) sxemasi koʻrinishida boʻlishi mumkin. Ammo, ular qanday koʻrinishga ega boʻlishlaridan qatʼiy nazar, piramidalar bir tamoyil asosida ishlaydi va bir xil yakun topadi.

Moliyaviy piramida odamlar ishonchini qozonish orqali amalga oshiriladigan firibgarlik hisoblanadi. Piramida doimiy tarzda pul mablagʻlarini jalb etishga asoslanadi. Bunda piramidaning ilk ishtirokchilariga foyda keyingi sarmoyachilar hisobidan qoplanadi.

Ammo, katta pul vaʼda qilingan vaqtda, bepul pishloq faqat qopqonda boʻlishini yodingizga keltirsangiz boʻlgani.

Soʻnggi vaqtda Oʻzbekistonda katta shov-shuvga aylangan "Ahmadboy" bilan bogʻliq mashmashalar ana shunday firibgarlikka yorqin misol boʻla oladi.

Ahmadjon Tursunboyevning moliyaviy piramidasi fosh qilinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Maxsus reportaj: Ahmadboy piramidasining olamshumul qulashi
Koʻpchilikning eʼtiborini tortgan mazkur voqea bundan 4-5 yil oldin boshlangan. Oʻshanda chinozliklar orasida "Olmazor qoʻrgʻonida yashaydigan Ahmad odamlardan pul, qoramol, avtomashinalarni bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan qabul qilayotgan emish" degan gap-soʻzlar tarqaldi. Nahotki, hech qanday mehnatsiz bir zumda bir soʻmni ikki soʻm qilish mumkin boʻlsa? Ammo aholining ishonchiga kirishga qaratilgan urunishlar zoye ketmadi va oson yoʻl bilan boyib ketishni istaganlar birin-ketin Ahmadni eshigini qoqib kela boshladi.

Bergan puli yoki molini ikki barobar qilib qaytarib ola boshlagan mijozlar yangi mijozlarni boshlab keladi. Ayni paytda aholi orasida sahovatpesha, bir soʻzli, odamohun degan tasavvur mustahkam shakllana boshladi.
Ahmadning faoliyati ayniqsa 2015 yilning ohirlariga kelib juda kengayib ketdi. Bu paytga kelib Ahmadning atrofida qonunchilikdan uncha-buncha xabari bor odamlar maslahatchi sifatida paydo boʻldi. Ularning yoʻl-yoʻrigʻi bilan Tursunboyev oʻzining faoliyatini huquqiy jihatdan asoslaydigan biror tuzilmaga asos solishga kirishadi va 2016 yilning 12 yanvarida "Chinoz avto hamkor" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda "Chinoz halol chorva" fermer xoʻjaligini tashkil qildi. Davlat roʻyxatidan oʻtgan ikki MCHJga koʻp yillar nufuzli idoralarda ishlab kelgan mutaxassislar jalb qilindi.

Ana shunday firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun, infografikamizni diqqat bilan oʻqib chiqishni maslahat beramiz. Firibgarlikka asoslangan moliyaviy piramidalar qanday ishlashi, siz uchun shubhali tuyulgan kelishuvlarni taklif qilishsa, nimalarga eʼtibor berish lozimligini anglab olasiz, va shunda, oʻzingizni ham, yaqinlaringizni ham vaqtida toʻxtatish imkoniga ega boʻlasiz, degan umiddamiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala