Ishlatilgan tejamkor lampalar uchun rag‘bat puli miqdori oshirildi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishTejamkor lampalar
Tejamkor lampalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Nizomga muvofiq, simobli lampalarni qaytarib kelgan har bir shaxsga yangi tejamkor lampalarni xarid qilishda 10%lik chegirmalar berilishi lozim.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 2016 yil 28-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining "Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011-yil 21-sentabrdagi 266-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, yurtimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kam energiya sarflovchi lampalar sifat jihatdan dunyoda ishlab chiqarilayotgan shu turdagi mahsulotlardan qolishmaydi. Lampalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning xizmat qilish muddati uzoq bo‘lib, to‘xtovsiz 8000 soat yonib turishi mumkin. Ayni vaqtda ular oddiy lampalarga nisbatan 4-5 marotaba kam energiya sarflaydi.

Ixcham tejamkor nurlanuvchi lampalarni tayyorlashda birgina ishlab chiqarish siklida amalgama (simob va ruxning sharsimon qorishmasi)dan foydalaniladi. Bunda ishlab chiqarish uskunasi germetik tarzda, simobning havoga chiqib ketishi va ochiq suv havzalariga tushib ketishining oldini olgan holda ishlaydi.

Shu sababli atrof-muhit simobdan zararlanishining oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan ishlatib bo‘lingan simobli lampalarni yig‘ish ishlari bilan simobli chiqindilarni zararsizlantiruvchi va utilizatsiya qiluvchi, ekologiya va sanitariya ekspertizatsiyasidan o‘tgan zarur texnologik asbob-uskunalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning o‘zi shug‘ullanishi, shuningdek, ushbu mahsulotlarni sotish punktlari orqali, maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlarida lampalarning sinishi va ular tarkibidagi simobning havoga, suv havzalariga, tuproqqa va oziq-ovqat mahsulotlariga tushishini istisno etuvchi maxsus o‘rnatilgan konteynerlar o‘rnatish orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Fuqarolarning foydalanib bo‘lingan lampalarni topshirish qoidalarini puxta bilishi va bu ishning zarurligini chuqur anglab yetishi nihoyatda muhim. Shu bois ham "Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi hujjatda savdo shoxobchalari va majmualari, shuningdek, firma do‘konlari, ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarning vakolatxonalari orqali simobli lampalarni sotayotgan savdo tashkilotlari foydalanib bo‘lingan simobli lampa resurslarini majburiy tartibda cheklanmagan miqdorda qabul qilib, ularni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga qaytarib topshirishlari alohida ta’kidlangan. Shu bilan birga, mana shunday lampalarni qaytarib olib kelgan har bir shaxsga, olib kelingan lampa qaysi korxonada ishlab chiqarilganidan qat’i nazar, yangi tejamkor lampalarni xarid qilishda rag‘batlantirish maqsadida 10 foizlik chegirmalar berilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0