O‘zbekistondagi yirik savdo markazlari 2020-yilga kelib o‘z parkovkalariga ega bo‘ladi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishAvtomobillar to‘xtash joyi
Avtomobillar to‘xtash joyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obyekt egalari majmua ko‘lamidan kelib chiqqan holda parkovga joylarini tashkillashtirishlari kerak bo‘ladi. Qo‘yiladigan talablarni bajarmagan savdo markazi sohiblari litsenziyadan mahrum qilinadi.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda mavjud yirik savdo markazlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish shahobchalari, turli xizmat va servis markazlari 2020-yilga qadar avtomobillar uchun mo‘ljallangan bepul parkovkalar bilan ta’minlanishi lozim, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Respublika IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidagi manba.

Manbaning so‘zlariga qaraganda, to‘rt yilga qolmay, bu qoidaga barcha yirik majmualar amal qilishlari majburiy bo‘ladi, talablarni bajarmagan savdo markazi egalari esa litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin.

"Bir qator hujjatlarga kiritlgan o‘zgartirishlarga muvofiq, biz kafelar, restoranlar, gipermarketlar va jamoatchilik foydalanadigan boshqa joylarga, shu yil davomida avtomobil to‘xtash joylari bilan bog‘liq muammoni  bartaraf etish vazifasini yukladik. Parkovkalar mashmashasi, so‘nggi vaqtlarda, nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham avj olgan. Ushbu masala yechimini topish uchun yetarlicha vaqt ajratilgan. Bu — muassasalar sohiblari parkovkalar muammosiga aql bilan yondashishlari uchun qilindi. Parkovkalar muammosi xuddi panduslar muammosi kabi, qo‘l uchida hal qilinmasligi kerak", — deya izoh berdi suhbatdosh.

Manbaning aytishicha, o‘z vaqtida har bir binoni panduslar bilan ta’minlash qaroriga (xoh u ma’muriyat binosi bo‘lsin, xoh savdo punkti) quruvchi shaxslar yuzaki yondashishgan. "Natijada, shunday holatlar bo‘ldiki, yangi panduslarda qiyalik burchagi o‘ta yuqori olinganligi sabab, aravachada harakatlanadigan nogironlar binolarga kira olmagan. Hozirda imkoniyatlari cheklangan shaxslar bilan bog‘liq bu muammo ozmuncha tartibga keltirilgan",- qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0