Siyosat

Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishQirgʻiziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov
Qirgʻiziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qilishicha, Respublika Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Oʻzbekiston bilan munosabatlarni faollashtirish va mustahkamlash zarurligi xususida bayonot bergan.

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qilishicha Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Oʻzbekiston bilan munosabatlarni faollashtirish va mustahkamlash zarurligi xususida bayonot bergan.

Jeenbekov Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi elchisi Doniyor Siddiqovni, uning diplomatik faoliyati boshlanishi munosabati bilan qabul qilib, zaruriy koʻrsatmalar bergan va yangi elchi Oʻzbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishda oʻz tajribasidan foydalanishiga ishonch bildirgan.

Hukumat rahbari, Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi prezidentlari Almazbek Atambayev va Islom Karimovning SHHT sammiti doirasida 24 iyun kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston bilan barcha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan.

Xususan, Jeenbekov ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyasi hamda davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish zarurligini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0