Sirg‘alidagi Sputnik-8 massivida katta yong‘in ro‘y berdi

© Facebook / Voditeli TashkentaSirg‘ali tumanidagi Sputnik-8 massivida kuchli yong‘in ro‘y berdi
Sirg‘ali tumanidagi Sputnik-8 massivida kuchli yong‘in ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in yog‘ochdan qurilgan ikki qavatli uydagi xonadonlarning birida ro‘y bergan va tez orada boshqa xonadonlarga o‘tgan. Guvohlarning aytishiga qaraganda, yong‘inni bartaraf etish xodimlari gurkirab yonayotgan olovni o‘chirishga shoshilmaganlar.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Kuni kecha Sirg‘alidagi Sputnik-8 massivida kuchli yong‘in ro‘y bergan. Bu haqda internetdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabar tarqatishgan.

Guvohlarning aytishiga qaraganda, yong‘in yog‘ochdan qurilgan ikki qavatli uydagi xonadonlarning birida ro‘y bergan. Oradan ko‘p o‘tmay olov boshqa xonadonlarni ham qamrab olgan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hodisa joyiga kechikib yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga shoshilmaganlar. Natijada uy butunlayiga yonib, kulga aylangan.

Mahalliy OAVlarda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sabablari aniqlanmoqda, yong‘in tufayli jabrlanganlar yo‘q.

"Birinchi brigada o‘t o‘chiruvlari kelgach, ularning suvi tezda tugadi, keyin hamma birgalikda ikkinchi brigadani kuta boshladi… Bu orada olov tobora avj olardi…"

"Bugun dam olish kuni, o‘t o‘chiruvchilar bunday hodisaga tayyor emasdilar…"

"Rahbariyat va boshliqlar bayramda bo‘lgani uchun, o‘t o‘chiruvchilar qo‘mondonsiz qolgan askarlardek, tentirab qolishdi, shuning uchun uy yonib kul bo‘ldi. Kelib, holatga to‘g‘ri baho bermadilar, bir joydan o‘t o‘chira boshlaganlarida, yong‘in orqa tomonda "gurkirayotgani" ma’lum bo‘ldi… Navbatdagi mashina kelguncha, to shlanglarni to‘rilab olguncha…"

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati atrofda yig‘ilganlarning aksariyati yong‘inni mobil telefonga suratga olish bilan band bo‘lishganidan qattiq norozi bo‘lishgan.

"Ilgarilari odamlar yong‘in sodir bo‘lsa, paqirga yopishar edi, hozir esa telefonga"

"Xuddi sirkka kelgandek, qaqqayib turib, telefonga suratga olish bilan band. Yordam berish hech kimning xayoliga ham kelgani yo‘q…"

Yangiliklar lentasi
0