Obama Putinga Donbassda jangovar harakatlar avj olmasligi kerak, deb aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin va AQSh prezidenti B. Obama uchrashuvi
Rossiya prezidenti V. Putin va AQSh prezidenti B. Obama uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaatida, Ukraina sharqida jangovar harakatlar avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqtirgan.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida AQSh prezidenti Putinni Ukraina sharqida jangovar harakatlar avj olishiga yo‘l qo‘yilmaslikka chaqirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Prezident Obama Putinga murojaat qilib, Ukraina sharqida jangovar harakatlar keskin avj olishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun lozim sora-tadbirlar ko‘rishga chaqirgan. AQSh prezidenti, shuningdek, Minsk kelishuvini zudlik bilan bajarish uchun harakat qilish kerakligi haqida ham ta’kidlagan", — deyiladi Oq uy xabarida.

Yangiliklar lentasi
0