Siyosat

Ozarbayjon OAV: SHHTdan soʻng Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy aloqalari yanada rivojlanadi

© MID UzbekistanaSHHTga aʼzo mamlakatlar TIV rahbarlari. Toshkent shahri
SHHTga aʼzo mamlakatlar TIV rahbarlari. Toshkent shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan SHHT sammiti dunyo eʼtiborini oʻziga jalb qildi. Qator mamlakatlar SHHT doirasidagi hamkorlik Oʻzbekiston kelajagiga qanday taʼsir koʻrsatishi borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishda davom etmoqda.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Iqtisodiyot va transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik — Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatidagi asosiy yoʻnalishlardan biri hisoblanishi Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarining ham eʼtiborini oʻziga tortdi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Nashrda yozilishicha, yaqinda Ozarbayjonning "Trend", "Turkish Forum" va "Ethnoglobus" axborot-tahlil nashrlarining elektron sahifalarida ushbu mavzuga bagʻishlangan turkum maqolalar eʼlon qilingan.

"Bu maqolalarda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish Shanxay Hamkorlik Tashkilotining dasturiy maqsad va vazifalariga erishishdagi eng muhim shartlardan biri hisoblanishi qayd etilgan. Bunda ushbu tuzilma savdo hamda sarmoya faoliyati, yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish uchun qulay sharoitlarni taʼminlash bilan bogʻliq vazifalar muhokamasi va hal etilishiga minbar sifatida xizmat qilayotgani oʻz eʼtirofini topgan", — deyiladi xabar matnida.

Ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining nuqtai nazari xususida atroflicha toʻxtalar ekan, elektron nashrlar mamlakatimizning savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, SHHT bozorlarida talab va ehtiyoj mavjud boʻlgan sanoat mahsulotlarini tuzilmaga aʼzo davlatlar tomonidan bir-biriga yetkazib berilishini kengaytirish, oʻzaro savdo-sotiqni ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, bu sohadagi boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻlidan borayotgani alohida qayd etilgan.

SHHT davlat rahbarlari sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT oʻzining ochiqligi va betarafligini saqlab qolishi kerak - Islom Karimov
Yuqoridagilardan tashqari, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mintaqa mamlakatlaridagi ulkan tranzit salohiyatini tubdan kengaytirish, 2014 yilda SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida imzolangan avtomobil yuk tashishlari uchun qulay sharoitlarni yaratish toʻgʻrisidagi Bitim hamda Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning 2016-2021 yillarda bojxona xizmatlari oʻrtasida hamkorlik Dasturining samarali hayotga tadbiq etilishiga Oʻzbekiston koʻp tomonlama hamkorlikning strategik yoʻnalishi sifatida qarashi ham maʼlum qilingan.

Shu oʻrinda 2015 yil oktyabrida Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Maxsus ishchi guruhining IX yigʻilishi boʻlib oʻtgani ham qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0