"Qotil-bakteriya" vyetnamliklarni 24 soat ichida o‘ldirmoqda

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishBakteriyalar tahlili
Bakteriyalar tahlili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Immunolog olimlar "vyetnam vasvasasi" deb nom olgan Burkholderia pseudomallei infeksiyasi qay tariqa odam miyasiga singib, bir kundan so‘ng uni halok qilishini tagiga yetdilar.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Dunyo olimlari hozirda butun dunyoga xavf tug‘dirayotgan "qotil-bakteriya" sirini fosh qildilar. Bu o‘z navbatida, Janubiy-Sharqiy Osiyoda yiliga 90 ming insonning umriga zomin bo‘layotgan infeksiyaga qarshi vaksinani yaratish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Melioidoz" deb nomlanuvchi tropik bezgagi Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda o‘limga eltuvchi eng xavfli kasalliklar orasida sil va OITSdan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallik mahalliy suv havzalarida qo‘nim topayotgan Burkholderia pseudomallei bakteriya tufayli yuzaga kelmoqda. O‘zining belgilari jihatdan u o‘tkir sil kasalligini eslatadi.

"Tasavvur qiling — siz tabiat qo‘ynida sayr qildingiz va bu bakteriya nafas olish yo‘lingizga tushdi. Ertasi kundanoq u sizning miyangiz ichida hukmronlik qilishni boshlaydi va orqa miyani ishdan chiqaradi. Mikrob miqdor shu qadar kam bo‘lishi mumkin-ki, tanangiz "qotil" qayerda o‘rnashib olganini, hatto, bilmaydi. Burkholderia pseudomallei bakteriyasi payt kelishini poylab, o‘zini yillar davomida sezdirmasligi mumkin. Bu orada u sekin-asta miyani yemiradi, shu bois, odam o‘zini qismma-qism yo‘qota boshlaydi", — deb hikoya qiladi imunnolog olim Sent-Jon.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, uning jamoasi hozirda mikrob miyaga kirib olish uchun foydalanadigan bir nechta oqsillarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. "Bu kashfiyotimiz 24 soat ichida "qotil-bakteriya" qurboniga aylanayotgan insonlar hayotini saqlab qolishga yordam beradi, degan umiddamiz", — deb qo‘shimcha qildi olim.

Yangiliklar lentasi
0