Toshkentda yana yo‘lovchi avtobuslar yonib ketdi

© Facebook / Voditeli TashkentaJanubiy vokzal oldida yonib ketgan avtobus
Janubiy vokzal oldida yonib ketgan avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent jamoat transporti aholiga “kutilmagan sovg‘alar” qilishda davom etmoqda.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Kecha kechqurun Toshkentda ikki Mersedes yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi, Nuz.uz xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra, ikkala yong‘inda ham  jabrlanganlar yo‘q.

Janubiy vokzal  yaqinida soat 19:00 atrofida Mersedes rusumli avtobus yonib ketdi. 8 yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan avtobus salonini yo‘lovchilar tashlab chiqib ketdi. Voqea o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam avtomobili tezda yetib kelib olovni o‘chirishdi.

Toshkentda navbatdagi avtobus yonmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent avtobuslari nega "o‘z joniga qasd" qilmoqda

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida, Yashnaobod tumanida ham yana bir Mersedes avtobusi yonib ketdi. Xabarda aytilishicha, ikkinchi yongan avtobus haydovchisi tezkorlik bilan olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

 Eslatib o‘tamiz Toshkent jamoat transporti shahar aholisiga va ma’muriyatiga turli noqulayliklar tug‘dirishda davom etmoqda. Yonib ketgan qimmatbaho avtobuslar, ko‘chada poyga uyushtirgan,  jaziramada 20 minutdan odam to‘plagan va yo‘lovchilarni kaltaklagan avtobus haydovchilari va boshqa muammolar shular jumlasidan.

© Facebook / Voditeli TashkentaV Yashnabadkom rayone zadimilsya avtobus marki Mersedes
V Yashnabadkom rayone zadimilsya avtobus marki Mersedes - Sputnik O‘zbekiston
V Yashnabadkom rayone zadimilsya avtobus marki Mersedes

 

Yangiliklar lentasi
0