Dunyoda

Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda shengen tartibini taklif qilmoqda

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Mediabankka oʻtishQirgʻiziston. Talas viloyati
Qirgʻiziston. Talas viloyati - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi tartibga koʻra, Qirgʻizistonga tashrif buyurgan xorij sayyohlariga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikiston boʻylab turlar taklif etilishi mumkin.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston Markaziy Osiyo mintaqasi boʻylab yagona sayyohlik toʻplamini joriy qilish tashabbusi bilan chiqmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qirgʻiziston.

Bu haqda Respublika Madaniyat vazirligi qoshidagi turizm departamenti rahbari Azamat Jamankulov 7-8 iyul kunlari Bishkekda boʻlib oʻtgan MDH mamlakatlari turizm boʻyicha Kengashi yigʻilishida bayonot bergan.

U, mazkur tashabbusni Yevropadagi "shengen" viza tartibiga qiyoslab, sayyohlarning bir marta viza olish orqali koʻplab xizmatlarga ega boʻlish xohishini ahamiyatli, deya baholagan.

"Qirgʻizistonga tashrif buyurayotgan koʻplab sayyohlar, albatta, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikistonda boʻlishni ham xohlashadi. Oʻylashimcha, yagona sayyohlik toʻplamini yaratish kerak. MDH hududidan foydalangan holda, mintaqaviy sayyohlik mahsulotlarini taklif etsa boʻladi", — degan Jamankulov.

U shuningdek, mamlakatda rivojlanayotgan sport turlari ham ajoyib sayyohlik mahsulotlari sifatida eʼtirof etilishi mumkinligi haqida qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0