Abituriyentlar uchun eslatma!

Obuna bo‘lish
Abituriyentlar qanday hujjatlar topshirishi kerak? Bu savol oliy dargohga o‘qishga kirishni rejalashtirgan har bir yigit-qizni qiziqtirishi turgan gap. Bu savolga infografika orqali javob berishni lozim topdik.

Darvoqe, kelasi yildan boshlab O‘zbekiston OTMlariga hujjat qabul qilish muddati 5 kun orqaga suriladi, ya’ni hujjatlar 15-iyundan 15-iyulga qadar qabul qilinadi.

Davlat konservatoriyasiga hujjat qabul qilish  muddati ham kelasi yildan 15-iyundan 10-iyulga qadar bo‘ladi. Harbiy OTMlarga esa, qabul sinovlari 5-iyulga qadar o‘tkaziladi. Hozir ushbu o‘quv maskanlarida sinovlar 10-iyulga  qadar o‘tkazilmoqda.

Ushbu yil O‘zbekiston OTMlariga 58 mingga yaqin talaba qabul qilinadi. Ulardan 30 %ga yaqini  davlat grantlari asosida ta’lim oladi. 

Yangiliklar lentasi
0