Jamiyat

e-kommunal.uz - yurtimizda yangi kommunal toʻlovlar portali ishga tushirildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishKopyuter foydalanuvchisi
Kopyuter foydalanuvchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yoʻlga qoʻyilayotgan "e-kommunal.uz" portalining eskisidan farqi shundaki, isteʼmolchilar bir vaqtning oʻzida onlayn ravishda maslahat olish, turli kommunal toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. "Uzkommunxizmat" agentligida boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanida e-kommunal.uz — kommunal xizmatlar portali ishga tushirilayotgani haqida maʼlum qilindi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

"Uzkommunxizmat" agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida yoʻlga qoʻyilayotgan portal orqali isteʼmolchilar bir vaqtning oʻzida onlayn ravishda maslahat olish, turli kommunal toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin boʻlishi aytildi", deyilgan xabar matnida.

Shu yilning sentyabr oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi portalda asosan aholi bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyish, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari xuquqlariga oid maʼlumotlarni yetkazish koʻzda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, portalda isteʼmolchilar uchun kommunal sohadagi qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, qolaversa, maslahat xizmatlari kabi bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.

Internet Oʻzbekistonning har bir regioniga kirib boradi
Maʼlum qilinishicha, ushbu portal orqali kommunal xizmatlari hisob balansiga oid maʼlumotlar ham taqdim etiladi.

Shuni qayd etish kerakki, avvalgi mavjud portalda uy-joy kommunal xoʻjaliklar bazasi yoʻq edi. Yangi portalga esa 10 mingga yaqin kommunal xoʻjaliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritildi. U 2 bosqichdan amalga tadbiq etilib, 1- bosqich sentyabr oyida poytaxtimizda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Portalning ikkinchi bosqichi esa kelasi yilda butun respublikamiz boʻylab yoʻlga qoʻyiladi.

Yangiliklar lentasi
0