Siyosat

Misr eksperti: SHHT istiqbolli va nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka oʻtishSHHTga aʼzo-mamlakatlar rahbarlari
SHHTga aʼzo-mamlakatlar rahbarlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ekspert fikriga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan taʼkidlangan - SHHTning oʻz ochiqligini saqlab qolishi hamda hech qanday blokka qoʻshilmaslik printsiplariga qatʼiy amal qilishi muhim ahamiyatga egadir.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Toshkent sammiti yakunlari yuzasidan xorijiy mamlakatlar ekspert doiralarining vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar kelishi davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, Qohira universiteti Osiyo tadqiqotlari markazi direktori oʻrinbosari Ahad Tarabik mintaqa davlatlari siyosiy hayotida yorqin iz qoldirgan ushbu sammit yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan.

SHHT davlat rahbarlari sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT oʻzining ochiqligi va betarafligini saqlab qolishi kerak - Islom Karimov
"15 yillik faoliyati mobaynida SHHT jahonning siyosiy va integratsiya jarayonlarida salmoqli oʻrin tutadigan istiqbolli va nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. Unga Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining aʼzo ekanligi zamonamizning xavf-xatar va tahdidlariga samarali tarzda qarshi turish maqsadida kuchlarni birlashtirish imkonini berdi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti katta salohiyatga egadir. Iqtisodiy yoʻnalish — savdo-sotiq, yuk tashish, tabiiy resurslarning ulkan zahirasi va malakali ishchi kuchlarining mavjudligi bu tuzilmaning katta imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov juda toʻgʻri taʼkidlaganidek, SHHTning Xartiyasi va boshqa asosiy hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan ochiqlik hamda hech qanday blokka qoʻshilmaslik printsiplariga qatʼiy amal qilish va bunday yondoshuvni yanada mustahkamlash oʻta muhim ahamiyatga egadir.

SHHTga aʼzo mamlakatlar TIV rahbarlari. Toshkent shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ozarbayjon OAV: SHHTdan soʻng Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy aloqalari yanada rivojlanadi

Shu bilan birga, Hindiston va Pokiston munosabatlarida ixtilof mavjud ekanligini ham eʼtibordan soqit qilib boʻlmaydi. Biroq bu mamlakatlar SHHTdek nufuzli tashkilotga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlarni qabul qilgani ular oʻrtasidagi keskinlikka barham berishga, bahsli masalalarning bosqichma-bosqich hal etilishiga koʻmaklashishiga umid qilamiz.

Umuman olganda, koʻrinib turganidek, SHHT rivojlanayotgan infratuzilmasi bilan mintaqaviy integratsiya va kooperatsiyaga xizmat qiladigan amaliy vositaga ega boʻlgan qudratli tashkilotga aylanishda davom etmoqda", — deya oʻz fikrlarini bayon qilgan Ahad Tarabik.

Yangiliklar lentasi
0