Suriyaning Aleppo shahrida og‘ir janglar bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSituatsiya v siriyskom gorode Aleppo
Situatsiya v siriyskom gorode Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleppoda uch kundan beri davom etayotgan janglardan 75 ID jangarisi va 48 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi. Yaralanganlar soni 400dan ko‘p.

 

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Aleppo Shimolida uch kundan beri davom etayotgan og‘ir janglarda ID kamida 75 jangarisini yo‘qotdi, 100dan ortig‘i yaralandi. “Jabhat an-Nusra” va “Feylak ash-Sham” to‘dalarining 7 nafar dala komandirlari yo‘q qilindi "Voyenniy Obozrevatel" xabariga asosan.

 

 

8 iyul kuni hukumat qo‘shnlari Melloh tumanidagi Tel-Jabanja tepaligini egallab olgan edi. BU esa o‘z navbatida hukumat qo‘shnlariga Kastello avtomobil yo‘lini nazorat ostiga olish va Aleppodagi jangarilar ta’minlanayotgan asosiy yo‘lni berkitish imkonini berdi.  

Shuning uchun ham Melloh hududi uchun shiddatli janglar boshlanib ketdi. Xudkush terrorchilar hujumidan keyin “Jabhat an-Nusra” va “Feylak ash-Sham”ning kuchlari hujumga o‘tdi va hukumat qo‘shnlarini vaqtincha Billardo janubiga siqib qo‘ydi. Keyin esa kuchli artilleri va aviatsiya zarbalaridan og‘ir yo‘qotishlar  bilan terrorchilar chekinishga majbu bo‘ldi. 10-iyulga kelib Mellah hududida hukumat qo‘shnlari tomonidan oldin yo‘qotilgan pozitsiyalar qayta egallandi.

10 iyul oqshomida Suriya va Rossiya aviatsiyasi bir necha soat davomida jangarilar pozitsiyalarini bombardimon qildi. Buning evaziga Mellah hududida jangarilarning hujumga shaylangan kuchlari soni sezilarli darajada qisqartirildi.

Aleppoda hududida qurshovda qolgan jihodchilar esa, Aleppo qal’asiga kirib olishga harakat qilishdi. Hukumat qo‘shnlariga kutilmagan zarba berish uchun, jangarilar Alepponing tarixiy qismidagi yashirin tunneldan foydalanishmoqchi bo‘lishdi, lekin Suriya qo‘shnlari qo‘ygan pistirmaga duch kelib bir chekinishga majbur bo‘lishdi.

Hujum bilan bir vaqtda, jangarilar artilleriya va minomotlardan Alepponing qurdlar va tinch aholi yashaydigan qismini o‘qqa tutishdi. Ushbu otishma bir tunu-kun davomida cho‘zilib tinch aholi orasida 48 nafar qurbonlar va 331 kishining yaralanishiga olib keldi.

Bugun ertalab jangarilar Aleppo markaziga yana bir bor hujum uyushtirishdi. “Jabhat an-Nusra” jangarilari shahar markazida joylashgan bozor va politsiya mahkamasini egallab olishga urinishmoqda. Hozir ushbu hududlarda shiddatli janglar davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0