O‘zbekiston va Tojikiston chigirtka ofatiga qarshi birgalikda kurashadi

© Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishChigirtkalar o‘simliklarni payhon qilmoqda
Chigirtkalar o‘simliklarni payhon qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakilining so‘zlariga qaraganda, Toshkent va Dushanbe shu kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan chigirtka ofatiga qarshi birgalikda kurashish choralarini kelishib olganlar. Ikki davlat texnik jihatdan bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, ilmiy ma’lumotlar bilan o‘zaro almashib turishi belgilangan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston chigirtkaga qarshi kurashda harakatlarni faollashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakilining so‘zlariga qaraganda, bu haqda hasharotga qarshi kurash xizmati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida kelishib olingan.

"Bu yil bahor qurg‘oqchilik bilan kelgandi, shu bois chigirtkalar hujumi faollashgan. Ular bir kunda 100 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkinligini hisobga olsak, hasharotlarga qarshi hamkorlikda kurash olib borish ishni ancha osonlashtiradi", — deb hikoya qildi suhbatdosh.

Mutaxassislar chigirtka tarqalishining uchinchi bosqichidan xavotir olishmoqda. Bunda chigirtkalar ucha boshlaydi va bir chekadan o‘simlikni yeyishga tushadi.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kimoviy dorilar bilan o‘z vaqtida ishlov berilganligi tufayli 400 ming gektar maydondagi ekinlarga hasharotlar hujum qilishining oldi olingan va ularning ko‘payishiga yo‘l qo‘yilmagan. Ammo O‘zbekistonga chegaradosh tumanlarda ham profilaktik tadbirlarni amalga oshirish muhim.

Sababi, chigirtkalar qo‘shni mamlakat tomondan kelib, avvalo chegara tumanlarini bosgan va endi boshqa tumanlarga ham tarqalmoqda.

BMT bayonotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 620 ming gektar yer chigirtkalar tufayli xavf ostida turibdi.

Yangiliklar lentasi
0