O‘zbekiston TIVda Kanada elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy.
Oqsaroy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tomonlarning hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi takliflari muhokama qilindi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 12-iyul kuni O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kanadaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ranald Kor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

"Suhbat davomida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, tomonlarning hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi takliflari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Tomonlar O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirishga qaratilgan muayan choralarni ko‘rishga tayyorligini tasdiqlagan.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibining masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0