Toshkentda yangi jome masjidi qurilishi boshlandi

© Upravlenie musulman UzbekistanaToshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Oltintepa" masjidi loyihasi
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Oltintepa masjidi loyihasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Oltintepa” jome masjidining yangi binosi Avayxon ko‘chasida, shaharsozlik meyorlariga asosan qurila boshlaydi.

 

TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi masjid qurilishi boshlandi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabariga ko‘ra.

Mirzo Ulug‘bek tumanida “Oltintepa” jome masjidining yangi binosi qurilishi haqidagi qaror 2016-yilning 1-fevralida qabul qilingan bo‘lib, u Avayxon ko‘chasida, shaharsozlik meyorlariga asosan qurila boshlaydi.  

Yangi masjid, tayorlangan loyihaga ko‘ra, hashamatli, namozxonlar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkentda “Avayxon”, “Yakkasaroy” va “Pul yemas ota”jome masjidlari qaytadan barpo etilgan edi.   

 

Yangiliklar lentasi
0