Kuchli shamol tufayli Toshkentda avtomobillar pachaqlandi

© Voditeli TashkentaToshkentda kuchli shamol ro‘y berdi
Toshkentda kuchli shamol ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kecha ro‘y bergan kuchli dovul tufayli Toshkentning bir nechta tumanlarida joylashgan parkovkalar yaqinida daraxtlar sinib, bir nechta avtomobillarga jiddiy shikast yetgan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Payshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan momaqaldiroq va kuchli dovul tufayli nafaqat Moskvaliklar jabr ko‘rgan ko‘rinadi: Toshkentda ro‘y bergan kuchli shamol bir nechta daraxtlarni tomiri bilan sug‘urib tashladi, parkovka yonida joylashgan daraxtlar qulashi natijasida bir nechta avtomobillarga jiddiy shikast yetdi, deb xabar qilishmoqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.

© Voditeli TashkentaToshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqildi
Toshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqildi

Misol uchun Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqilgani aks etgan fotosuratlar joylashtirildi.

© Voditeli TashkentaToshkentda kuchli shamol ro‘y berdi
Toshkentda kuchli shamol ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kuchli shamol ro‘y berdi

Foydalanuvchilar, avvalo, voqea oqibatida hech kim jabrlanmaganligidan xursand ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, boshqalar poytaxtdagi eski daraxtlarni kesish zarurligi, bo‘lmasa eski daraxtlarning o‘zi yiqilib, mana shunday baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishlari mumkinligini yozib qoldirishgan.

© Voditeli TashkentaToshkentda yuz bergan kuchli shamol daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashladi
Toshkentda yuz bergan kuchli shamol daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashladi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yuz bergan kuchli shamol daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashladi

"Daraxtlarni tag-tomiri bilan kesish uchun yaxshigina sabab tug‘ildi. Sog‘ daraxtlarni kesishga allaqachon kirishishgan, chirigan daraxtlar esa o‘zlari qulayapti", — deya izoh qoldirgan internet foydalanuvchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0