O‘zbekistonda yana bir jihodchi ustidan hukm o‘qildi

© Collage Sputnik / Jeshu JohnPlanshetda ta’qiqlangan maqolalar o‘qish
Planshetda ta’qiqlangan maqolalar o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onalik Farxodjon Raximov diniy ekstremistlarning noqonuniy yig‘ilishlarida faol qatnashib “jihodchilik” g‘oyalarini targ‘ib qilgan, atrofdagilardan shariat qonunlari bo‘yicha yashashni talab qilgan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyat jinoiy sudi O‘zbekistonda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan fuqaro ustidan hukm chiqardi.

Sud bo‘limi xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi 35-yoshli Farxodjon Raximov diniy ekstremistlarning noqonuniy yig‘ilishlarida faol qatnashib kelgan va atrofdagilarga “jihodchilik” g‘oyalarini targ‘ib qilgan.  

Undan tashqari, Raximov internetda mavjud bo‘lgan turli diniy guruhlarga a’zo bo‘lgan va o‘z yaqinlaridan shariat qonunlari bo‘yicha yashashni talab qilgan.

“Sudda ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Ko‘rib chiqilganmateriallar bo‘yicha, uni 12-yilga qamoq jazosiga mahkum qilish haqida hukm o‘qilgan”, — dedi sud vakili.

Jinoiy ish yuzasidan olib borilgan tergov vaqtida Riximovning planshetida ko‘plab diniy ekstremistik mavzudagi foto va video materiallar topilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0