Hodisalar

Frantsiya yana motamda: Nitstsadagi mudhish terakt tufayli 84 kishi halok boʻldi

Frantsiyaning milliy bayrami - Bastiliyani olish kuni fojia va dahshatga aylandi: sayyohlarning eng sevimli joyi boʻlmish Nitstsaga terrorchilar tomonidan hujum uyushtirildi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Frantsiyaning Nitstsa shahrida terakt amalga oshirildi. Yuk mashinasi haydovchisi olomon ustiga bostirib borgan, 84 kishi halok boʻlgan, 100dan ziyod odamlar jarohatlangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabar qilinishicha, Bastiliyani olish milliy bayrami kuni xalq salyut tomosha qilish istagida suv boʻyida toʻplangan. Mahalliy vaqt bilan 22.30da katta yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borgan, guvohlarning soʻzlariga koʻra, oʻq ovozlari ham eshitilgan.

Hodisa joyida boʻlgan odamlarning soʻzlariga koʻra, haydovchi yuk mashinasini ikki kilometrcha zigzak tarzida boshqarib borgan va odamlarni yanchgan. U shuningdek, xalqqa qarata oʻt ochgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa tufayli 84 kishi halok boʻlgan, 120 kishi jarohatlangan. Yuk mashinasi haydovchisi shu joyning oʻzida yoʻq qilingan.

Frantsiya prezidenti Fransua Olland hujumni terakt deb atagan va mamlakatdagi 26 iyulda tugashi lozim boʻlgan favqulodda holat yana uch oyga uzaytirilishini maʼlum qilgan.

Ajal mashinasi

Nice Matin nashri xabariga koʻra, yuk mashinasi rulida 31 yashar Tunis fuqarosi boʻlgan. OAVlarda maʼlum qilinishicha, jinoyatchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga mayda jinoyatlar orqali tanish boʻlgan, ammo shu paytgacha uning terrorchilarga aloqadorligi qayd etilmagan.

Jabrlangan chet elliklar

Nitstsada Bastiliyani olish kuni bayramida sodir etilgan teraktdan jabr koʻrganlar orasida chet elliklar, jumladan, shveytsariyaliklar, britaniyaliklar va ispanlar boʻlgan. Avliyo Jorj klinikasi xodimlari Sputnik nashriga bergan xabariga koʻra, shifoxonaga turli travmatik jarohatlar olgan 15 nafar fuqaro keltirilgan. Ularning aksariyati chet elliklardir. 

Butun dunyo hamdardlik bildirib, yordam taklif qilmoqda

AQSH prezidenti Barak Obama teraktni keskin qoralab, surishtiruv ishlarida yordam taklif qilgan. Hozirda Mongoliyada safarda boʻlgan Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham Nitstsada amalga oshirilgan teraktni qattiq qoralab, halok boʻlganlarning qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Frantsuz musulmonlari yigʻini ham Nitstsadagi teraktlarni qoralab mamlakatdagi barcha musulmonlarni juma namozini "ushbu varvarlarcha hujum qurbonlari xotirasiga" amalga oshirishga daʼvat qilgan.

Interpol ham Frantsiya hukumatiga Nitstsadagi hodisalar yuzasidan oʻz koʻmagini taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala