Hodisalar

Nitstsadagi teraktning ilk daqiqalari

Payshanba kuni Frantsiyaning Nitstsa shahrida mudhish terakt sodir etildi. Katta yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borib, odamlarni yancha boshlagan. Mudhish hodisa tufayli 84 kishi halok boʻlgan, yuzdan ziyod odamlar jarohatlangan.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Ushbu video teraktga guvoh boʻlgan odamlar tomonidan suratga olingan. Guvohlarning soʻlariga koʻra, Nitstsada teraktning ilk daqiqalarida odamlar hodisa joyidan tum-taraqay qocha boshlaganlar.

Xabar qilinishicha, Bastiliyani olish milliy bayrami kuni xalq salyut tomosha qilish istagida suv boʻyida toʻplangan. Mahalliy vaqt bilan 22.30da katta yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borgan, guvohlarning soʻzlariga koʻra, oʻq ovozlari ham eshitilgan.

Nitstsadagi terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Frantsiya yana motamda: Nitstsadagi mudhish terakt tufayli 84 kishi halok boʻldi

Hodisa joyida boʻlgan odamlarning soʻzlariga koʻra, haydovchi yuk mashinasini ikki kilometrcha zigzak tarzida boshqarib borgan va odamlarni yanchgan. U shuningdek, xalqqa qarata oʻt ochgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa tufayli 84 kishi halok boʻlgan, 120 kishi jarohatlangan. Yuk mashinasi haydovchisi shu joyning oʻzida yoʻq qilingan.

Frantsiya prezidenti Fransua Olland hujumni terakt deb atagan va mamlakatdagi 26 iyulda tugashi lozim boʻlgan favqulodda holat yana uch oyga uzaytirilishini maʼlum qilgan.

Nice Matin nashri xabariga koʻra, yuk mashinasi rulida 31 yashar Tunis fuqarosi boʻlgan. OAVlarda maʼlum qilinishicha, jinoyatchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga mayda jinoyatlar orqali tanish boʻlgan, ammo shu paytgacha uning terrorchilarga aloqadorligi qayd etilmagan.

Teraktdan jabr koʻrganlar orasida chet elliklar, jumladan, rossiyaliklar, shveytsariyaliklar, britaniyaliklar va ispanlar boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala