Hodisalar

Konsul: Nitstsada boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida hozircha maʼlumot yoʻq

Nitstsadagi fojea yuzasidan Oʻzbekiston fuqarolari haqida maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz - elchixonaga murojaat qiling.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Nitstsadagi teraktda jabrlangan Oʻzbekiston fuqarolari haqida hozircha maʼlumot yoʻq, lekin elchixona Frantsiya qutqaruv xizmatlari bilan doimiy aloqada boʻlib ushbu maʼlumotni aniqlamoqda, deb xabar berishdi Parijdagi Oʻzbekiston elchixonasida.

“Biz hozir Frantsiyaning hukumat organlari bilan aloqada boʻlib qurbonlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan yoki yoʻqligini aniqlamoqdamiz. Maʼlumot kerak boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari elchixonaning konsullik boʻlimga murojaat qilishi mumkin”, — deyishdi elchixonada.

Eslatib oʻtamiz, kecha payshanba kuni kechqurun, Nitstsadagi Angliya qirgʻogʻida terrorchi yuk avtomobilini mushakbozlikni tomosha qilishga jamlangan odamlar ustiga haydagan. Fojeada  84 kishi qurboni boʻlgan edi.

Nitstsadagi terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Frantsiya yana motamda: Nitstsadagi mudhish terakt tufayli 84 kishi halok boʻldi

Guvohlar aytishiga qaraganda, yuk avtomobili ikki kilometr davomida zig-zagsimon yurib odamlarni bosgan. Undan tashqari terrorchi odamlarga qarata oʻq otgan. Politsiya uni yoʻq qilgan. 

Bugungi kunda terrorchilik xavfi Frantsiyada eng yuqori darajagi chiqarilgan.  Butun dunyo aholisi ijtimoiy tarmoqlar orqali Nitstsa qirgʻogʻida yuz bergan fojeaga oʻz hamdardligini bildirmoqda. Twitterda #PrayForNice xeshtegi birinchi oʻringa koʻtarilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala