Jamiyat

Kareliya rahbari hududdagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan uchrashdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishKareliya respublikasi
Kareliya respublikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Kareliya viloyati rahbari Aleksandr Xudilaynen oʻzbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib hududda yashayotgan oʻzbeklar hayoti va urf odatlari bilan tanishdi.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Kareliya respublikasi rahbari Aleksandr Xudilaynen Umumrossiya oʻzbeklar va Oʻzbekiston xalqlari milliy-madaniy boyliklarini saqlab qolish jamoat tashkiloti vakili Yodgorbek Muxtorov va Akmal Qahhorovlar bilan uchrashdi, Kareliya portali xabariga asosan.

Tashkilot maqsadi – milliy oʻzlikni saqlab qolish, Rossiyada yashayotgan oʻzbeklarning tili va madaniyatini rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi xalqlari orasida doʻstlikni kuchaytirish hamda millatlararo, dinlararo mojarolarning oldini olishdir.

Mehmonlar viloyat rahbariga Kareliyada yashayotgan oʻzbeklarning hayoti, oilaviy bayramlari va urf-odatlari haqida aytib berishdi. 2010 yilda boʻlib oʻtgan umumrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kareliya oʻlkasida – 554 oʻzbek yashaydi. Yodgorbek Muxtorovning soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda Kareliyaga kelib migratsiya hisobida turgan mehnat migrantlari bilan birgalikda Oʻzbekiston fuqarolari soni  bir ming kishiga yaqinlashgan.

Aleksandr Xudilayn oʻzbek jamoasining 6 avgustga rejalashtirilgan “Sabantuy doʻstlarni birlashtiradi” ijtimoiy tadbirida qitnashish imkoni bilan qiziqdi.

Kareliya rahbarining oʻzbek diasporasiga yaqin kelajakdagi rejalari haqida bergan savoliga “Yashash va ishlash! Kareliya haqiqatdan koʻp millatli, xushkoʻngil respublika hisoblanadi. Bu yerda “ponayexali” degan ibora eshitilmaydi. Bu biz uchun juda muhim.”, — deb javob berdi Yodgorbek Muxtorov.

Kareliya miliy siyosat vaziri Andrey Maninning soʻzlariga qaraganda oʻzbek diasporasi viloyatda oʻtkazilayotgan “Kareliyada doʻstlik yoʻnalishi” kabi migrantlarni mahalliy hududga moslashtirish dasturlarining faol qatnashchisidir. Undan tashqari Yodgorbek Muxtorov – Kareliya milliy siyosat  vazirligi Petrozavodsk shahri boʻyicha Maslahat Kengashi aʼzosidir.

© gov.karelia.ruVstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diasporы
Vstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diasporы - Sputnik Oʻzbekiston
Vstrecha rukovoditelya Karelii s predstavitelyami uzbekskoy diasporы
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala