Jamiyat

ID jangarilari uchun “kelin” qidiradigan sayt yopildi

Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan Rossiya hududida faoliyat yuritgan Rossiyada ID jangarilariga “kelin” qidirishga mutaxassislashgan internet sayt yopildi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan, mamlakat hududida faoliyat yuritgan, ID jangarilariga “kelin” qidirishga mutaxassislashgan internet sayt yopildi, muassasa xabariga asosan.

“Bosh prokuratura talabiga binoan, ISHID jangarilari uchun “kelin” qidirishga ixtisoslashgan internet manbaa faoliyati toʻxtatildi. Xususan, ushbu saytda  “kofirlarga qarshi kurashayotgan” “Islomiy davlat” “mujohidlariga” turmushga chiqish haqida eʼlonlar joylashtirilgan edi”, — deyilgan prokuratura xabarida.

Bosh prokuratura aytishiga koʻra, eʼlonlarda boʻlajak “kuyovlar”ning "kelin"larga boʻlgan talablari bilan ham tanishib chiqish mumkin. Masalan yoshi, sodiqligi va itoatkorligi haqida. Baʼzi hollarda jangarilarga ikkinchi xotinlar kerakligi haqida ham eʼlonlar joylashtirilgan edi. Tanlangan ayollarga Suriya hududiga borishga yordam ham taklif qilingan edi.

Muassasa ushbu “nikoh eʼlonlarda” ommaviy  terrorchilikka chorlovchi chaqiriqlarni aniqladi. Bu jinoyat Rossiya JK boʻyicha 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Barcha materiallar Rossiya Tergov Qoʻmitasining Tatariston Respublikasi boʻlimi manzilga yuborilgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala